Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Joze Mourinyoning «Real»ga qaytishi mumkinligi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Joze Mourinyoning «Real»ga qaytishi mumkinligi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo «Real»ga qaytishi mumkin — bu variant Madrid klubi rahbariyati tomonidan jiddiy ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Real» prezidenti Florentino Peres hozirda «Benfika» bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan mutaxassis bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ushbu uchrashuvda portugaliyalik murabbiyning «Santyago Bernabeu»ga qaytishi masalasi muhokama qilinishi mumkin. Klub so‘nggi mavsumlardagi natijalardan qoniqmayapti va murabbiy almashinuvini ko‘rib chiqmoqda.

Mourinyo avval ham 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan va o‘sha paytda «Barselona»ning ustunligiga chek qo‘yib, La Liga hamda Ispaniya Kubogini yutib olgan edi. Garchi uning klubdan ketishi murakkab kechgan bo‘lsa-da, manba ma’lumotiga ko‘ra, u bilan Peres o‘rtasidagi munosabatlar hanuz hurmat asosida saqlanib qolgan.

Xabar qilinishicha, murabbiyning o‘zi ham Madridga qaytish g‘oyasiga qarshi emas, biroq hozircha «Benfika»dagi faoliyatini davom ettirmoqda. Shu bilan birga, agar klub murabbiyni almashtirishga qaror qilsa, u jamoani qayta qurish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Mourinyodan tashqari, ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatida Yurgen Klopp, Maurisio Pochettino va Didye Desham ham bor.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:36, 20.04.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик