Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Anri "Arsenal"ning "Siti"dan mag‘lubiyatiga izoh berdi

Anri "Arsenal"ning "Siti"dan mag‘lubiyatiga izoh berdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 33-turi markaziy bahsida Londonning «Arsenal» klubi safarda «Manchester Siti»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Kanonirlar»ning afsonaviy hujumchisi Tyerri Anri bo‘lib o‘tgan o‘yin haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu o‘yin meni ranjitdi. "Kanonirlar" futbolchilari bunday muhim o‘yinda na g‘ayrat, na xarakter ko‘rsata olishdi. Ular "shaharliklar“ga tashabbusni egallab olish va hamma narsani nazorat qilish imkonini berib qo‘yishdi. Agar chempion bo‘lishni istasang, katta o‘yinlarda o‘zingni ko‘rsatishing kerak. Mehmonlar buni uddalay olishmadi va mag‘lubiyatga uchrashdi. Bu men bilgan „Arsenal“ emas», — deya fransuzning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Mag‘lubiyatdan so‘ng Mikel Arteta shogirdlari birinchi o‘rinda qolishdi. Bir o‘yini zahirasida bo‘lgan «Manchester Siti» esa peshqadamdan uch ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 11:55, 20.04.2026.
O'qildi: 672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик