Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Lyuka Ernandes «Lion» bilan o‘yindagi omadsizlik sababini aytdi

Lyuka Ernandes «Lion» bilan o‘yindagi omadsizlik sababini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 30-turi doirasidagi o‘z maydonida kechgan bahsda «PSJ» kutilmaganda «Lion»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Parij grandi tarkibida navbatdagi bor rossiyalik darvozabon Matvey Safonov maydonga tushdi. Mezbonlar himoyachisi Lyuka Ernandes jamoadoshi o‘tkazib yuborgan har ikki golga izoh berdi.

"Lion" gollarni qandaydir ajoyib kombinasiyalar evaziga urgani yo‘q. Birinchi golda mehmonlarga to‘pning rikoshet bo‘lishi (yo‘nalishini o‘zgartirishi) yordam berdi, ikkinchisi esa tezkor qarshi hujumdan so‘ng sodir bo‘ldi. Ularda boshqa vaziyat bo‘lgani yo‘q. Agar biz 11 metrlik jarima to‘pini (penaltini) golga aylantirganimizda, hammasi boshqacha yakunlanishi mumkin edi», — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda Lequipe.

Luis Enrike shogirdlari 63 ochko jamg‘argan holda Liga 1 jadvalida peshqadamlik qilishmoqda va ikkinchi o‘rindagi «Lans»ni bir ochkoga ortda qoldirishmoqda.

Kiritildi: 11:58, 20.04.2026.
O'qildi: 406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик