Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Gvardiola «Arsenal» bilan o‘yindan so‘ng futbolchilarga nima deganini aytib berdi

Gvardiola «Arsenal» bilan o‘yindan so‘ng futbolchilarga nima deganini aytib berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» o‘zaro bahsda «Arsenal» ustidan g‘alaba qozonib (2:1), turnir jadvalida «kanonirlar»ga yaqinlashib oldi. «Shaharliklar» Rayan Sherki va Erling Xolandning 16 hamda 65-daqiqalardagi aniq zarbalari evaziga zafar quchishdi. Mehmonlar tarkibida 18-daqiqada Kay Xavers gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«O‘yindan so‘ng yigitlarga shunday dedim: "Bu damdan zavqlaning, lekin diqqatni yo‘qotmang, chunki oldimizda hamma narsani hal qiladigan yana uch-to‘rt hafta bor“», — dedi «Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida.

Londonliklar bilan ochkolar o‘rtasidagi farq uchtagacha qisqardi, shu bilan birga Manchester grandi zahirasida bitta o‘yin bor. Agar «Siti» chorshanba kuni safarda «Byornli»ni mag‘lub etsa, ochkolar bo‘yicha «Arsenal»ga yetib oladi.

Kiritildi: 12:31, 20.04.2026.
O'qildi: 844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик