Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Luis Enrike «Lion»ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Luis Enrike «Lion»ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining (Liga 1) 30-turi doirasida kechgan «PSJ» va «Lion» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan (1:2) so‘ng parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur bahsda «PSJ» vakillari faol harakat qilganiga qaramay, yakunda imkoniyatni boy berishdi. Murabbiy uchrashuv davomida jamoada ko‘plab vaziyatlar bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi:

— Biz o‘yinni nazorat qilish va xavfli vaziyatlar yaratishga intildik. Biroq raqib o‘ziga berilgan dastlabki ikki imkoniyatni golga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Bahs qiyin kechishini oldindan bilar edik. Uchrashuv davomida 23 marotaba zarba yo‘lladik, hatto penaltidan foydalana olmagan vaziyatlarimiz ham bo‘ldi. O‘yin yo‘nalishini o‘zgartirishga urinsak-da, buning iloji bo‘lmadi, — dedi L. Enrike.

Shuningdek, mutaxassis raqib jamoaning harakatlariga to‘xtalib, oldinda turgan vazifalar haqida gapirdi:

— «Lion» jamoasi ajoyib o‘yin namoyish etdi. Biz bu natijani qabul qilib, navbatdagi muhim bahslarga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Hozirda tig‘iz taqvim asosida har uch kunda maydonga tushmoqdamiz. Barcha musobaqalarda g‘oliblik uchun kurash olib borayotganimiz sababli ko‘plab futbolchilarga o‘yin amaliyoti berishga majburmiz, — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Kiritildi: 13:04, 20.04.2026.
O'qildi: 489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик