Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Rodri jarohat oldi

Rodri jarohat oldi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining (APL) 33-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Manchester Siti» va «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar yarimhimoyachisi Rodri Ernandes jarohat oldi.

Ispaniyalik futbolchi mazkur muhim bahsni asosiy tarkibda boshlagan edi. Biroq uchrashuv yakunlanishi arafasida, ya’ni 88-daqiqada sog‘lig‘idagi muammo sababli o‘yinni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Niko Gonsales zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Dastlabki tibbiy ko‘riklar natijasiga ko‘ra, Rodrida chanoq sohasi mushaklarining cho‘zilishi aniqlangan. Futbolchining tiklanishi uchun qancha vaqt talab etilishi borasida qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Kiritildi: 13:07, 20.04.2026.
O'qildi: 498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик