Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Bernardu Silva: «Manchester Siti»ni yuqori notada tark etmoqchiman»

Bernardu Silva: «Manchester Siti»ni yuqori notada tark etmoqchiman»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng, mavsum yakunida klubni tark etish borasidagi qaroriga izoh berdi.

«Bu men uzoq vaqt davomida o‘ylab qabul qilgan muhim qarorim. U allaqachon qabul qilinib bo‘lgan edi. Bu juda hayajonli, ammo men bu qaror o‘zim uchun to‘g‘ri ekanligini anchadan beri bilardim. Endi «Manchester Siti»ni yuqori notada tark etmoqchiman. Ushbu klub uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani berishga tayyorman. Bu jamoa umrimning katta qismi bo‘lib qoladi», — dedi Silva BBC Radio 5 Live efirida.

Bernardu Silva «Manchester Siti»ni to‘qqiz mavsumlik faoliyatidan so‘ng tark etadi. «Shaharliklar» navbatdagi uchrashuvni 22 aprel kuni «Byornli»ga qarshi o‘tkazishadi.

Kiritildi: 13:22, 20.04.2026.
O'qildi: 465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик