Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Mamardashvili jarohatidan so‘ng bayonot berdi

Mamardashvili jarohatidan so‘ng bayonot berdi

Baho:
+ | -

Yakshanba, 19 aprel kuni Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasida «Everton» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi mersisayd derbisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda «qizillar» «irislar» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yin davomida mehmonlar darvozaboni Georgiy Mamardashvili jarohat oldi. Gruziyalik futbolchi maydonni zambilda tark etdi va shundan so‘ng shifoxonaga olib ketildi.

«Xudoga shukur, hammasi joyida. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchaga katta rahmat. Men tez orada qaytaman», — deb yozdi 25 yoshli darvozabon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Joriy mavsumda Georgiy «Liverpul» safida 18 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 29 ta to‘p olib chiqdi.

Kiritildi: 15:51, 20.04.2026.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик