Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Arbeloa jamoadagi muhit va muxlislarning noroziligi haqida gapirdi

Arbeloa jamoadagi muhit va muxlislarning noroziligi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing 33-turidan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi o‘yin oldidan futbolchilar bilan munosabati va muxlislarning tanqidlariga munosabat bildirdi. Uchrashuv ertaga, 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

— Kiyinish xonasidagi futbolchilar bilan munosabatlaringiz qanday?

— Menda odatiy ma’nodagi «ulfatchilik» munosabatlari bordek tuyg‘u yo‘q. Menimcha, jamoa bilan yaxshi aloqa o‘rnatganmiz. Men futbolni boshqacha tasavvur qila olmayman. Bu talabchan bo‘lmaslik yoki o‘yinchilarni yanada ko‘proq ishlashga undamaslik kerak degani emas... Bunday munosabatlar futbolchilik kasbining bir qismidir. Hatto eng qiyin lahzalarda ham kiyinish xonasida doimo yaxshi muhit saqlanib qoldi. Mening nazarimda, bu to‘g‘ri va haqiqiy kiyinish xonasi aynan shunday ko‘rinishi kerak.

— Muxlislarning hushtakbozlik qilayotgani sizni tashvishga solyaptimi?

— Bu meni xavotirga solmaydi, chunki ko‘cha-ko‘yda «Real» muxlislari jamoani qo‘llab-quvvatlayotganini his qilyapman. Ertaga biz yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz, munosib harakat qilishimiz va «Bernabeu» olqishlariga loyiq bo‘lishimiz kerak. Biz maydonga g‘alaba qozonish ishtiyoqi bilan tushishimiz va buni to‘p harakatga kelgan ilk soniyalardan boshlab isbotlashimiz shart, — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi AS.

Kiritildi: 16:05, 20.04.2026.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик