Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Arbeloa Kamavinganing jamoadagi kelajagi haqida to‘xtaldi

Arbeloa Kamavinganing jamoadagi kelajagi haqida to‘xtaldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Eduardo Kamavinga atrofidagi mish-mishlarga chek qo‘yib, futbolchini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Ispaniyalik mutaxassis fransiyalik futbolchiga to‘liq ishonishini va uning klubdagi faoliyati davom etishini istashini ta’kidladi.

— Kamavinga mening ishonchimga, shuningdek, klub va muxlislarning mehriga sazovor bo‘lgan. Umid qilamanki, u hali ko‘p yillar davomida Madridda qoladi, — dedi Arbeloa.

Eslatib o‘tamiz, Eduardo Kamavinga Yevropa Chempionlar ligasi chorak finali doirasida «Bavariya»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida (3:4) qizil kartochka olib, maydonni tark etgan edi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «Real» musobaqadagi ishtirokini to‘xtatdi.

Kiritildi: 17:25, 20.04.2026.
O'qildi: 716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик