Kirish Ro'yxatdan o'tish

Florentino Peres «Real Madrid» tarkibida islohotlar boshlamoqda: ispaniyalik yarim himoyachi sotuvga qo‘yildi

Florentino Peres «Real Madrid» tarkibida islohotlar boshlamoqda: ispaniyalik yarim himoyachi sotuvga qo‘yildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres kelasi mavsum uchun jamoa tarkibini shakllantirish ishlarini boshlab yubordi.

Klub rahbariyati tarkibda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Xususan, yozgi transfer oynasi vaqtida ham yangi futbolchilarni sotib olish, ham mavjud o‘yinchilar bilan xayrlashish kutilmoqda.

Ayni paytda jamoani tark etishga asosiy nomzod sifatida yarim himoyachi Dani Sebalyos ko‘rilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining ketishi «juda ehtimolli» deb baholanmoqda va Madrid klubi ushbu o‘yinchi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Dani Sebalyos «Real Madrid» safida jami 214 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu bahslar davomida yarimhimoyachi 7 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 17:30, 20.04.2026.
O'qildi: 1506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик