Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Shevalye jamoa bilan kam muloqot qilmoqda

Shevalye jamoa bilan kam muloqot qilmoqda

Baho:
+ | -

Lyuka Shevalye mavsumni «PSJ»ning asosiy darvozaboni sifatida boshlagan edi, biroq qish boshidan beri rossiyalik Matvey Safonov Liga 1 grandining birinchi raqamli posboniga aylandi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, Safonov kiyinish xonasida katta hurmatga sazovor — jamoadoshlari uni ijobiy kayfiyati uchun maqtashmoqda. Shevalyega keladigan bo‘lsak, u jamoa bilan kam muloqot qiladi va ko‘p vaqtini yolg‘iz o‘tkazadi.

Qayd etilishicha, bu biror muammo bilan bog‘liq emas, shunchaki futbolchining xarakteri shunday.

«Shevalye — yaxshi yigit. Bunday kirishib ketish jarayoni g‘ayritabiiy tuyulishi mumkin, lekin u shunaqa odam. Shuningdek, u shtab xodimlari bilan ko‘p vaqt o‘tkazishni xush ko‘radi», — deb ta’kidladi manba.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» yakshanba kuni o‘z uyida «Lion»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 18:14, 20.04.2026.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик