Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Rosenyorda muammo: yetakchi futbolchilar boshqa murabbiyni xohlashmoqda

Rosenyorda muammo: yetakchi futbolchilar boshqa murabbiyni xohlashmoqda

Baho:
+ | -

«Chelsi» Premiyer-liganing oxirgi to‘rtta o‘yinida bironta ham gol ura olmasdan mag‘lubiyatga uchradi. Natijada, «aristokratlar»ning Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish imkoniyatlari keskin kamayib ketdi — londonliklar kuchli beshlikdan yetti ochko orqada qolishmoqda.

The Touchline nashrining xabar berishicha, yanvarda jamoani qabul qilib olgan bosh murabbiy Liam Rosenyorga nisbatan kiyinish xonasidagi ishonch pasaymoqda. Jamoaning bir nechta asosiy futbolchilari klubga tajribaliroq murabbiy kerak deb hisoblashmoqda.

Ushbu o‘yinchilar hali ham klub rahbariyatining Enso Mareskani ishdan bo‘shatish haqidagi qaroridan norozi. Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» Mareskani aynan Yangi yil kuni — 1 yanvarda iste’foga chiqargan edi.

«Chelsi» navbatdagi o‘yinini ertaga, 21 aprel kuni safarda «Brayton»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:21, 20.04.2026.
O'qildi: 858 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик