Fransiyaning “PSJ” klubi a’zosi Vitinya mamlakat chempionati doirasida “Lion” jamoasiga qarshi kechgan navbatdagi uchrashuvda jarohat olib, maydonni tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Tibbiy ko‘riklar natijasida 26 yoshli portugaliyalik futbolchining o‘ng tovon qismi shikastlangani aniqlangan. Ayni paytda sportchi malakali tibbiyot xodimlari nazoratiga olingan. Hafta yakunida futbolchi qo‘shimcha chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng uning salomatligi va mashg‘ulotlarga qaytish muddati bo‘yicha yakuniy xulosa beriladi.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, “PSJ” jamoasini joriy oy yakuniga qadar “Nant”, “Anje” hamda Chempionlar ligasi doirasida Myunxenning “Bavariya” klubiga qarshi muhim bahslar kutmoqda.













