Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» braziliyalik 16 yoshli iqtidor uchun 40 mln yevro tikmoqda

«Manchester Yunayted» braziliyalik 16 yoshli iqtidor uchun 40 mln yevro tikmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi «Palmeyras»ning 16 yoshli iqtidorli vingeri Eduardo Konseysao uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor. Bu haqda UOL portali xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, ingliz klubi vakillari yaqin kunlarda braziliyalik futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishlari kutilmoqda. «MYU» skautlari Konseysaoning harakatlarini Janubiy Amerika yoshlar chempionatida kuzatishgan. Ushbu turnirda futbolchi 2 ta gol urgan, Braziliya terma jamoasi esa uchinchi o‘rinni egallagan edi.

Biroq, 40 millionlik taklif «Palmeyras»ni qanoatlantirishi qiyin, chunki Braziliya klubi o‘z tarbiyalanuvchisi uchun kamida 50 million yevro olmoqchi. Avvalroq bu futbolchiga «Manchester Siti» va «Barselona» klublari ham qiziqish bildirgan edi. Shunga qaramay, Eduardo Konseysao FIFA qoidalariga ko‘ra, 18 yoshga to‘lguniga qadar «Palmeyras» ixtiyorida qoladi.

Kiritildi: 23:24, 20.04.2026.
O'qildi: 1447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик