Kirish Ro'yxatdan o'tish

40 yoshli Modrich 14-bor Xorvatiyaning eng yaxshisi deb topildi

40 yoshli Modrich 14-bor Xorvatiyaning eng yaxshisi deb topildi

Baho:
+ | -

«Milan» yarim himoyachisi Luka Modrich 2025 yilning Xorvatiyadagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda «rossonerilar» matbuot xizmati xabar bermoqda.

40 yoshli futbolchi o‘z faoliyati davomida 14-marotaba va ketma-ket o‘ninchi bor ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi. Xorvatiya futbol ittifoqi (HNS) sovrinni egasiga topshirib ulgurdi.

2025/2026 yilgi mavsumda Modrich klub miqyosidagi barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Eslatib o‘tamiz, futbolchi Xorvatiya terma jamoasi tarkibida 2018 yilgi Jahon chempionati kumush va 2022 yilgi bronza medali sohibi hisoblanadi.

Kiritildi: 08:39, 21.04.2026.
O'qildi: 483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик