Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

«Inter» Bastonini «Barselona»ga qo‘yib yubormoqchi emas

«Inter» Bastonini «Barselona»ga qo‘yib yubormoqchi emas

Baho:
+ | -

«Inter» sport direktori Pyero Auzilio jamoa himoyachisi Alessandro Bastonining «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Agar kimdir Bastonini sotib olmoqchi bo‘lsa, bu haqda matbuotda gapirmasdan, bizga qo‘ng‘iroq qilishi kerak. Uning yozda jamoadan ketishi haqida o‘ylashimiz uchun hech qanday asos yo‘q. Biz Bastonidan juda mamnunmiz va u biz uchun ajoyib o‘yinlar ko‘rsatishda davom etishiga ishonchimiz komil», — deya funksionerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Joriy mavsumda 27 yoshli Bastoni barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bastonining «Inter» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:18, 21.04.2026.
O'qildi: 1373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик