Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldinyo: «Odamlar hali ham YouTube’da o‘yinlarimni ko‘rishlaridan baxtiyorman»

Ronaldinyo: «Odamlar hali ham YouTube’da o‘yinlarimni ko‘rishlaridan baxtiyorman»

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldinyo muxlislarga uning o‘yiniga bo‘lgan mehrlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Odamlarga mening o‘yinimni tomosha qilish yoqqanini, ular haligacha YouTube’ga kirib, o‘yinlarimdagi eng sara lahzalarni va ba’zi fintlarimni qayta-qayta ko‘rishlarini bilishdan baxtiyorman.

Maydonda doim zavqlanib harakat qilganman. Futbolchilik davrimda va hozirgacha menga ko‘rsatilayotgan barcha mehr-muhabbat uchun juda faxrlanaman va minnatdorman», — dedi Ronaldinyo.

Braziliyalik afsona o‘z faoliyatini 2015 yilda yakunlagan. U faoliyati davomida «PSJ», «Barselona», «Milan» va boshqa ko‘plab klublarda to‘p surgan.

Kiritildi: 11:24, 21.04.2026.
O'qildi: 516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик