Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Brunu Fernandesh: «Chelsi» ustidan qozonilgan g‘alaba bizga suv va havodek zarur edi»

Brunu Fernandesh: «Chelsi» ustidan qozonilgan g‘alaba bizga suv va havodek zarur edi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh APL 33-turi doirasida «Chelsi» ustidan qozonilgan g‘alabaning (1:0) ahamiyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu ajoyib tuyg‘u. Bizga mana shunday o‘zimizga kelib olish zarur edi — gap nafaqat «Lids» bilan bo‘lgan oxirgi o‘yinda, balki ungacha bo‘lgan va biz g‘alaba qozona olmagan yana ikkita bahs haqida bormoqda. Shunga qaramay, biz sifatli o‘yin ko‘rsatishimiz kerakligini bilardik, chunki «Chelsi» — juda kuchli jamoa.

Bu yerdagi g‘alaba biz uchun juda muhim edi, chunki maqsadimiz kuchli to‘rtlikka kirish, ular esa beshlikka eng yaqin turgan jamoadir. Biz ulardan o‘zimizni uzoqlashtirishimiz kerak edi, bu g‘alaba bizga suv va havodek zarur edi», — dedi Fernandesh TNT Sports nashriga.

«Manchester Yunayted» ushbu g‘alabadan so‘ng 58 ochko to‘plagan holda APL jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Chelsi» esa ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Londonliklar 48 ochko bilan oltinchi pog‘onada borishmoqda.

Kiritildi: 11:32, 21.04.2026.
O'qildi: 477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик