Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kristensen «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi

Kristensen «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

Himoyachi Andreas Kristensen «Barselona»ning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli daniyalik futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni APL, Bundesliga, A Seriya va La Liganing bir qator jamoalari rejalashtirmoqda.

Amaldagi shartnoma taklifi Kristensenning kutganlariga mos kelmayapti, bu esa uning ushbu jamoadagi kelajagini so‘roq ostida qoldirmoqda.

Himoyachi 2022 yilning iyul oyidan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda u 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 9 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 11:48, 21.04.2026.
O'qildi: 694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик