Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» darvozaboni raqobatda yutqazgach, odamovi bo‘lib qoldi

«PSJ» darvozaboni raqobatda yutqazgach, odamovi bo‘lib qoldi

Baho:
+ | -

«PSJ» darvozaboni Lyuka Shevalye Matvey Safonov bilan raqobatda imkoniyatni boy bergach, kiyinish xonasida o‘zini boshqalardan chetga ola boshladi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli fransuz jamoadoshlarining ko‘ziga odamovi bo‘lib ko‘rinmoqda va ko‘proq murabbiylar shtabi hamda tajribali hamkasblari bilan muloqot qilishni afzal ko‘ryapti.

Qayd etilishicha, Safonov mavsum yakuniga qadar klubning asosiy darvozaboni sifatida o‘z o‘rnini saqlab qolishi kutilmoqda. Rossiyalik posbon jamoada yuqori qadrlanadi, uning doimiy ko‘tarinki kayfiyati esa «PSJ» murabbiylari tomonidan tez-tez e’tirof etiladi.

Shunga qaramay, Shevalyening murabbiylar shtabi bilan munosabatlari yaxshi ekani aytilmoqda.

2024 yilning yozida «PSJ»ga o‘tgan Shevalye so‘nggi bor 23 yanvar kuni Liga 1 ning 19-turi doirasidagi «Oser»ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan edi. Safonov esa ushbu mavsumda barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 9 tasini «quruq» (gol o‘tkazmasdan) yakunladi.

Kiritildi: 12:00, 21.04.2026.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик