Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

"Barselona" A Seriyadan ikki futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi

"Barselona" A Seriyadan ikki futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Barselona» har ikkala qanotni to‘liq yopa oladigan lateral sotib olmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda «ko‘k-anorranglilar» «Yuventus» o‘yinchisi Andrea Kambyaso hamda joriy mavsumni ijara asosida «Kalyari»da o‘tkazayotgan «Atalanta» a’zosi Marko Palestra nomzodlarini ko‘rib chiqishmoqda.

Qayd etilishicha, bu futbolchilar turli profildagi o‘yinchilar hisoblangani sababli, «Barselona» ichida bahs-munozaralar davom etmoqda. Kambyasso ushbu mavsumda barcha turnirlarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qildi. Palestra esa Italiya chempionatining joriy mavsumida 32 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol va to‘rtta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:13, 21.04.2026.
O'qildi: 1161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик