Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Napoli" Lukakuni jarimaga tortadigan bo‘ldi

"Napoli" Lukakuni jarimaga tortadigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Napoli» klubi hujumchi Romelu Lukakuga nisbatan intizomiy chora ko‘rdi. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, belgiyalik futbolchi 150 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan.

Bunday keskin choraga futbolchining klub bilan kelishmagan holda Belgiyada shaxsiy murabbiyi bilan mashg‘ulot o‘tkazgani sabab bo‘lgan. «Napoli» rahbariyati Lukakudan 31 mart kuni jamoa ixtiyoriga qaytishni talab qilgan edi, biroq hujumchi Neapolga faqat 19 aprel kuni yetib kelgan.

Belgilangan 150 ming yevro miqdoridagi jarima futbolchining bir oylik maoshining 20 foizini tashkil etadi. Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsumda neapolliklar safida atigi 6 ta o‘yinda (jami 64 daqiqa) maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 16:59, 21.04.2026.
O'qildi: 581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик