Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simeone: «Bizni qurbon qilib ko‘rsatmang!»

Simeone: «Bizni qurbon qilib ko‘rsatmang!»

Baho:
+ | -1

«Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya kubogi finalida «Real Sosyedad»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng (2:2, pen. — 3:4) o‘z fikrlarini bildirdi. Murabbiy mag‘lubiyatni tan olish va oldinga intilish muhimligini ta’kidladi.

«Birinchi navbatda, buni qabul qilish kerak. Sizga qarshi g‘alabani istagan va bunga loyiq bo‘lgan jamoa o‘ynadi. Hayotning mazmuni yo‘l davomida olingan saboqlarni qabul qilishdan iborat. Biz yana hammasini boshidan boshlashimiz kerak», — dedi Simeone.

Shuningdek, murabbiy jamoaning joriy mavsumdagi natijalarini o‘tgan yilgi bilan taqqosladi:

«Biz o‘tgan yilgiga qaraganda yaxshiroq holatdamiz. O‘tgan yili YECHLda 1/8 finalda to‘xtagan bo‘lsak, bu yil yarim finalgacha yetib bordik. Kubokda ham finalga chiqdik. Jamoa Yevropaning eng kuchli to‘rtta jamoasi qatoriga kiradi».

Kiritildi: 17:28, 21.04.2026.
O'qildi: 1061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик