Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Milan» A Seriyaning joriy mavsumdagi eng yorqin kashfiyotlaridan biriga qiziqib qoldi

«Milan» A Seriyaning joriy mavsumdagi eng yorqin kashfiyotlaridan biriga qiziqib qoldi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi A Seriyaning joriy mavsumdagi eng yorqin kashfiyotlaridan biri, «Lechche» himoyachisi Tiago Gabriel bilan qiziqmoqda. Taniqli insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, «rossonerilar» vakillari 21 yoshli futbolchining agentlari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.

Braziliyalik yosh himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, nafaqat himoyadagi ishonchli o‘yini, balki 2 ta goli bilan ham mutaxassislar e’tiborini tortdi. «Lechche» o‘z iqtidorini yozda kamida 30 million yevro evaziga sotishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Angliyaning «Brentford» klubi futbolchi uchun 20 million yevro taklif qilgan, biroq italiyaliklar bu taklifni rad etishgan edi. Shuningdek, Gabriel uchun kurashda «Yuventus» va «Nottingem Forest» klublari ham da’vogarlik qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, futbolchining transfer qiymati yil boshidan buyon ikki barobarga o‘sgan.

Kiritildi: 18:06, 21.04.2026.
O'qildi: 939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик