Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Merson: «Koul Palmerning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi meni ajablantirmaydi»

Merson: «Koul Palmerning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi meni ajablantirmaydi»

Baho:
+ | -

«Arsenal» klubi sobiq futbolchisi va taniqli ekspert Pol Merson «Chelsi» yulduzi Koul Palmerning faoliyatidagi ehtimoliy o‘zgarishlar haqida gapirdi. Mersonning fikricha, «Chelsi»ning Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmagani futbolchining ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

«Chempionlar ligasidan quruq qolish «Chelsi» uchun og‘ir zarba bo‘ladi. Koul Palmer Konferensiyalar ligasi yoki Yevropa ligasida o‘ynashga rozi bo‘ladi deb o‘ylaysizmi? Men bunga ishonmayman. «Manchester Yunayted» YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi va Palmer kelasi mavsumni o‘sha yerda boshlasa, bundan aslo hayratlanmayman», — dedi Merson.

Eslatib o‘tamiz, Palmer 2023 yilda «Manchester Siti»dan 47 million yevro evaziga sotib olingan edi. Joriy mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi «ko‘klar» safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2033 yilgacha imzolangan.

Kiritildi: 18:28, 21.04.2026.
O'qildi: 251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик