Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Brentueyt JCH-2026ni o‘tkazib yuborishi mumkin

Brentueyt JCH-2026ni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

«Everton» himoyachisi Jerred Brentueyt jarohati sababli joriy mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi va katta ehtimol bilan 2026 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok eta olmaydi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Futbolchi Angliya Premyer-ligasi 33-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Liverpul»ga qarshi bahsda (1:2) o‘ng oyoq tizza osti payidan jarohat oldi. O‘yinning 87-daqiqasida maydonni zambilda tark etgan Brentueyt keyinroq «Xill Dikinson» stadionidan qo‘ltiqtayoqda chiqib ketgan.

Joriy mavsumda Brentueyt «Everton» safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatmani amalga oshirgan edi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 23:26, 21.04.2026.
O'qildi: 857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик