Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

2016 yilda APL chempioni bo‘lgan «Lester» Angliyaning uchinchi divizioniga tushib ketdi

2016 yilda APL chempioni bo‘lgan «Lester» Angliyaning uchinchi divizioniga tushib ketdi

Baho:
+ | -

«Lester» klubi Angliya Chempionshipidan uchinchi divizionga tushib ketdi. 44 ta turdan so‘ng «tulkilar» 42 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 23-o‘rinni egallab turibdi. Mavsum yakunigacha yana ikki tur qolgan bo‘lsa-da, jamoa ligada qolish uchun matematik imkoniyatlarni yo‘qotdi.

21-pog‘onada borayotgan «Blekbern Rovers» 44 o‘yindan so‘ng 49 ochko to‘plagan va shu tariqa «Lester» uchun yetib bo‘lmas ustunlikka ega.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Lester» Angliya Premyer-ligasida ishtirok etgan edi. Jamoa chempionatni 25 ochko bilan 18-o‘rinda yakunlab, Chempionshipga tushib ketgandi.

Fevral oyida klubga 2023/2024 mavsumida moliyaviy barqarorlik va daromad qoidalarini buzgani uchun olti ochko jazo sifatida olib tashlangan edi.

Qayd etish joiz, «Lester» 2015/2016 mavsumida sensasion tarzda Angliya chempioniga aylangan. O‘shanda Klaudio Ranyeri shogirdlari 38 turda 81 ochko to‘plab, eng yaqin ta’qibchisi «Arsenal»ni 10 ochkoga ortda qoldirgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:38, 22.04.2026.
O'qildi: 589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик