Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kivu o‘zgacha natija qayd etishi mumkin

Kivu o‘zgacha natija qayd etishi mumkin

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoadagi debyut mavsumidayoq «oltin dubl» (bir mavsumda ham chempionat, ham kubokda zafar quchish) qayd etishi mumkin.

Seshanba oqshomida «neradzurrilar» Italiya Kubogi yarim finalida «Komo» ustidan qiyin g‘alabaga erishib (3:2), final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. A Seriyada esa jamoa chempionlikni muddatidan oldin naqd qilish arafasida turibdi.

Ma’lumot uchun, «Inter» o‘z tarixida faqat bir marta — 2010 yilda Joze Mourinyo qo‘l ostida bir mavsumda ham skudetto, ham mamlakat kubogida g‘olib chiqqan edi.

«Siz, jurnalistlar jarangdor sarlavhalarni yaxshi ko‘rasiz. Ammo men shunchaki Kristian Kivuman. Yagona maqsadim — futbolchilarim o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishlari uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilish. Menga ishongan insonlar uchun o‘z vazifamni sidqidildan bajarishga harakat qilyapman, xolos», — dedi Kivu.

Qayd etish joizki, Kivuning o‘zi 2010 yildagi o‘sha mashhur «Inter» safida to‘p surgan. O‘sha mavsumda milanliklar ichki arenadagi muvaffaqiyatlarga Chempionlar ligasidagi zafarni ham qo‘shib, «trebl» qayd etishgan edi.

Kiritildi: 09:08, 22.04.2026.
O'qildi: 462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик