Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Gvardiola Kompanining «Bavariya»dagi muvaffaqiyatlariga munosabat bildirdi

Gvardiola Kompanining «Bavariya»dagi muvaffaqiyatlariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompanining Myunxendagi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Shaharliklar»ning sobiq himoyachisi myunxenliklarni ketma-ket ikkinchi bor Bundesliga chempionligi sari boshlab keldi. E’tiborlisi, joriy mavsumda jamoa Germaniya oliy divizionida gol urish bo‘yicha mutlaq rekordni yangiladi.

«Vinni va «Bavariya»ni tabriklayman. Ular yuqori saviyadagi — ko‘plab gollar va xavfli vaziyatlarga boy bo‘lgan zavqli futbol namoyish etishmoqda. Butun klubni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlayman. Oldinda ularni Chempionlar ligasi yarim finali kutmoqda va men, albatta, ularga omad tilayman», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassisning o‘zi ham 2013-2016 yillar davomida «Bavariya»ni boshqargan edi. Vensan Kompani qo‘l ostidagi myunxenliklar esa joriy mavsumda ichki birinchilikda tengsiz ekanliklarini muddatidan oldin isbotlab qo‘yishdi.

Kiritildi: 09:09, 22.04.2026.
O'qildi: 450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик