Kirish Ro'yxatdan o'tish

Chaloba «Chelsi»ning yirik mag‘lubiyati izoh berdi

Chaloba «Chelsi»ning yirik mag‘lubiyati izoh berdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» himoyachisi Trevo Chaloba Premyer-liga doirasida «Brayton»dan qabul qilib olingan qaqshatqich mag‘lubiyat (0:3) sabablari haqida to‘xtaldi.

Avvalroq «ko‘klar» ustozi Liam Rosenyor futbolchilarning o‘yinga yetarlicha kirishmaganidan shikoyat qilgan edi. Biroq Chalobaning fikricha, muammo ishtiyoqda emas.

«Gap intilishda emas — yigitlar maydonda borlarini berishdi. Kiyinish xonasida hammaning qanchalik charchagani ko‘rinib turardi. Biz yugurdik, bor kuchimiz bilan harakat qildik, ammo bugun raqib bizni shunchaki mag‘lub etdi», — deya ingliz futbolchisining so‘zlarini keltirmoqda taniqli insayder Fabrisio Romano.

Ma’lumot uchun, ushbu mag‘lubiyat «Chelsi» uchun chempionatdagi ketma-ket beshinchisi bo‘ldi. E’tiborlisi, londonliklar mazkur beshta o‘yinning birortasida raqib darvozasini ishg‘ol eta olishmadi. Jarima maydonchasidagi samaradorlik va natijalarning pastligi jamoaning inqirozda ekanidan dalolat bermoqda.

Kiritildi: 09:11, 22.04.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик