Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Fabregas «Inter» yarim himoyachisini Kroos, Modrich va Pirlo bilan bir qatorga qo‘ydi

Fabregas «Inter» yarim himoyachisini Kroos, Modrich va Pirlo bilan bir qatorga qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Italiya Kubogi yarimfinalidan o‘rin olgan bahsdan so‘ng «Inter» yarim himoyachisi Xakan Chalxano‘g‘lining o‘yiniga yuqori baho berdi.

Turkiyalik futbolchi javob uchrashuvida ikkita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilib, bahs qahramoniga aylandi. Uning sa’y-harakatlari evaziga «neradzurri» 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Menga Chalxano‘g‘lining o‘yini juda yoqadi — u Kroos, Modrich va Pirloga o‘xshaydi. Bunday futbolchilar dunyoda juda kam. Men unga chin dildan qoyil qolaman. Xakan butun jamoaning o‘yin ritmini belgilab beradi», — deya Fabregasning so‘zlarini keltirmoqda insayder Nikolo Skira.

Ma’lumot uchun, Italiya Kubogining ikkinchi finalchisi bugun bo‘lib o‘tadigan «Atalanta» hamda «Lasio» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Dastlabki bahsda 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan edi.

Kiritildi: 09:14, 22.04.2026.
O'qildi: 934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик