Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Flik: «Transfer bozorida ahmoqona xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak»

Flik: «Transfer bozorida ahmoqona xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirish ehtimoli haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Germaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, klub ayni damda sport direktori Deku bilan birgalikda ishlamoqda va har bir qadamni sinchkovlik bilan hisoblab chiqmoqda.

«Transfer bozorida to‘g‘ri qarorlar qabul qilishimiz shart, hozirda Deku bilan shu yo‘nalishda ishlayapmiz. Biz ahmoqona xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Jamoamiz yosh va yaxshi shakllangan tuzilmaga ega», — deya Flikning so‘zlaridan iqtibos keltiradi manba.

Ma’lumot uchun, «Barselona» ayni paytda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida yakkapeshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar 31 ta uchrashuvda 79 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishgan. E’tiborli jihati, «ko‘k-anorranglilar» eng yaqin ta’qibchisi — Madridning «Real» klubidan 6 ochko oldinda bormoqda va ularda bitta zaxira o‘yini ham mavjud.

Kiritildi: 11:29, 22.04.2026.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик