Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Brayton»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng Rosenyor jamoadagi muammolar haqida gapirdi

«Brayton»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng Rosenyor jamoadagi muammolar haqida gapirdi

Baho:
+ | -3

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Liam Rosenyor jamoadagi mavjud holat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Angliya Premyer-ligasining 34-turida poytaxt klubi «Brayton»dan 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchragan edi.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, murabbiy futbolchilar bilan munosabatlari yaxshi ekani, biroq ichki muhitda boshqa muammolar borligini qayd etgan.

«Men o‘zim va futbolchilar o‘rtasida uzilish borligini his qilmayapman. Ammo jamoada ruhiyat va ishonch yetishmayapti», — dedi Rosenyor.

Ayni paytda «Chelsi» APL turnir jadvalida 48 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. Mag‘lubiyat londonliklarning yevrokuboklar uchun kurashini qiyinlashtirib yubordi.

Ma’lumot uchun, navbatdagi turda Rosenyor shogirdlari o‘z maydonida «Nottingem Forest»ni qabul qiladi. Uchrashuv 4 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 11:47, 22.04.2026.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик