Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Barselona» — «Selta» uchrashuvi oldidan prognozlar e’lon qilindi

«Barselona» — «Selta» uchrashuvi oldidan prognozlar e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Bugun, 22 aprel kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida peshqadam «Barselona» o‘z maydonida «Selta» jamoasini qabul qiladi.

Mutaxassislar va ekspertlarning fikriga ko‘ra, bo‘lajak bahsda kataloniyaliklar mutlaq favorit hisoblanadi. Tahlillar «Barselona»ning g‘alaba qozonish imkoniyatini 76,6 foizga baholamoqda. Mehmonlar — «Selta»ning muvaffaqiyati esa bor-yo‘g‘i 9,6 foiz etib belgilangan. Uchrashuvda durang qayd etilishi ehtimoli 13,8 foizni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv 2025 yilning 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda «ko‘k-anorranglilar» raqib ustidan 4:2 hisobida ishonchli g‘alabaga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «Barselona» turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi — Madridning «Real» klubini 6 ochkoga (zaxira o‘yinini inobatga olgan holda) ortda qoldirib, yakkapeshqadamlik qilmoqda. Vigoliklar bilan bahsdagi g‘alaba jamoaning chempionlik imkoniyatlarini yanada mustahkamlashi mumkin.

Kiritildi: 11:50, 22.04.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик