Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Flik Runining kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Flik Runining kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning 20 yoshli vingeri Runi Bardji haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda BarçaTimes nashri xabar bermoqda.

Germaniyalik mutaxassis yosh futbolchining mahoratini yuqori baholab, uning tajribali sheriklari yonida o‘sishga erishayotganini ta’kidladi.

«Runi — fantastik futbolchi. U dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari bilan birga to‘p surmoqda va qisqa vaqt ichida ko‘p narsani o‘rgandi. Men unga kelajagi haqida mavsum yakunida gaplashib olishimizni aytdim, chunki hozir buning uchun mos vaqt emas», — dedi Flik.

Avvalroq xorij OAVda «Barselona» shvesiyalik hujumchini tajriba to‘plashi uchun boshqa klubga ijaraga berishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Runi o‘tgan yozda Daniyaning «Kopengagen» klubidan Kataloniya grandi safiga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda vinger «ko‘k-anorranglilar» libosida barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 12:01, 22.04.2026.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик