Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Chelsi» Mikki van de Ven transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

«Chelsi» Mikki van de Ven transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Baho:
+2 | -

Londonning «Tottenxem» klubi joriy mavsum yakunida Chempionshipga tushib ketadigan bo‘lsa, o‘z yetakchilarini jamoada saqlab qololmasligi mumkin. Jamoani tark etishga asosiy nomzodlardan biri sifatida markaziy himoyachi Mikki van de Ven ko‘rilmoqda.

MatchDay Central nashrining xabar berishicha, niderlandiyalik futbolchining vakillari bilan allaqachon «Chelsi» jamoasi aloqaga chiqqan. Tomonlar yozgi transfer oynasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan o‘tish masalasini muhokama qilishgan.

Transfermarkt portali 25 yoshli himoyachining bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda. Shuningdek, futbolchiga Ispaniya grandlari — «Barselona» va «Real Madrid» tomonidan ham qiziqishlar borligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Roberto de Dzerbi qo‘l ostidagi «Tottenxem» ayni damda APL turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. Chempionat yakuniga qadar jamoaning oldida bor-yo‘g‘i beshta uchrashuv qolgan. Agar vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmasa, «shporlar» yuqori divizion bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 12:03, 22.04.2026.
O'qildi: 497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик