Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karvaxal va Arbeloa o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi

Karvaxal va Arbeloa o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi Daniel Karvaxal va jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashgan. Bu haqda jurnalist Jorj Pikon xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «qaymoqranglilar» sardori murabbiyni o‘ziga nisbatan adolatsizlik qilayotganlikda ayblamoqda. Karvaxal asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgani sababli, o‘zining JCH-2026 musobaqasiga borish imkoniyatlari keskin kamayib ketayotganidan xavotirda. Ma’lum bo‘lishicha, Arbeloa ayni damda o‘ng qanot himoyasida asosiy urg‘uni Trent Aleksander-Arnoldga qaratmoqda.

O‘z navbatida, Alvaro Arbeloa ham tajribali himoyachining zaxirada qolayotganiga nisbatan ko‘rsatayotgan reaksiyasidan norozi. Shu bilan birga, mutaxassis yaqin orada Trentni asosiy tarkibdan tushirib qoldirish niyatida emas.

Ma’lumot uchun, Dani Karvaxal joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.

Kiritildi: 12:46, 22.04.2026.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик