Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Arbeloa Kamavingaga nisbatan bo‘layotgan hushtaklarga munosabat bildirdi

Arbeloa Kamavingaga nisbatan bo‘layotgan hushtaklarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Eduardo Kamavinganing manziliga muxlislar tomonidan bo‘layotgan e’tirozlarga to‘xtaldi.

Seshanba kuni La Liga doirasida kechgan «Alaves»ga qarshi bahsda «Santyago Bernabeu» stadioniga yig‘ilgan ishqibozlar zaxiradan maydonga tushgan fransiyalik futbolchini hushtaklar bilan kutib olishdi. Muxlislarning bunday noroziligiga Kamavinganing yaqinda Chempionlar ligasi chorak finalida «Bavariya»ga qarshi o‘yinda chetlatilgani va shu sababli jamoaning musobaqadan chiqib ketgani sabab bo‘lgan edi.

Arbeloa matbuot anjumanida futbolchisini qo‘llab-quvvatladi:

«Kamavinga yosh bo‘lishiga qaramay, kuchli xarakterga va katta tajribaga ega. Bizga uning yordami kerak bo‘lganda, u har doim jangga kirishga tayyor. Eduardo «Real» uchun muhim futbolchi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Maydonda qancha vaqt harakat qilishidan qat’i nazar, u doim jamoaga foyda keltiradi. U murabbiylar shtabi va butun klubning ishonchiga sazovor bo‘lgan. Ishonchim komil, muxlislar ham unga ishonishadi», — dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, «Alaves»ga qarshi o‘yindan so‘ng Kamavinga stadion tribunalari oldiga borib, muxlislardan shaxsan uzr so‘ragan edi. 

Kiritildi: 13:08, 22.04.2026.
O'qildi: 474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик