Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Kim Min Je sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Kim Min Je sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirish maqsadida Myunxenning «Bavariya» klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi Kim Min Jeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.

29 yoshli futbolchi Myunxen klubida Dayo Upamekano va Jonatan Ta bilan raqobatda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ygan edi. Biroq Bundesligada chempionlik uchun kurash susaygani va Chempionlar ligasining hal qiluvchi bahslari yaqinlashgani sababli, so‘nggi vaqtlarda unga berilayotgan o‘yin amaliyoti biroz ko‘paydi.

Ma’lum bo‘lishicha, transfer bo‘yicha dastlabki muzokaralar o‘tgan qishda boshlangan, ammo o‘shanda «Bavariya» futbolchini qo‘yib yuborishni istamagan edi. Endilikda yangi markaziy himoyachi qidirayotgan myunxenliklar yozda Kimni sotishga qarshi emasliklarini bildirishgan. Ayni damda futbolchining agenti muzokaralar o‘tkazish uchun Istanbulga yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Kim Min Je 2021/22 yilgi mavsumda «Fenerbaxche» sharafini himoya qilgan, shundan so‘ng «Napoli»ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 13:17, 22.04.2026.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик