Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jekson yozda «Chelsi»ga qaytadi

Jekson yozda «Chelsi»ga qaytadi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Nikolas Jekson yozgi transfer oynasida ijara muddati yakunlangach, Londonning «Chelsi» klubiga qaytadi. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

«Bavariya» rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani futbolchining o‘yini hamda professionalizmidan mamnun. Biroq shartnomaning yozda yakunlanishi avvaldan rejalashtirilgan va hozirgi vaqtda ijarani uzaytirish yoki futbolchini to‘liq sotib olish bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Jeksonga boshqa klublar tomonidan ham katta qiziqish bor, ammo u dastlab «Chelsi» ixtiyoriga qaytadi», — deb yozadi Plettenberg.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Nikolas Jekson joriy mavsumda Germaniya Bundesligasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 8 ta bahsda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 3 bor ishg‘ol qildi va 2 ta golga hammualliflik qildi.

Kiritildi: 13:44, 22.04.2026.
O'qildi: 852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик