Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bernardu Silva «Barselona»ga o‘tmoqchi

Bernardu Silva «Barselona»ga o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni istaydi. Bu haqda El Chiringuito xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» 31 yoshli portugaliyalik uchun faoliyatini davom ettirishdagi ustuvor variant hisoblanadi. Avvalroq xavbek joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng «Manchester Siti»ni erkin agent sifatida tark etishini e’lon qilgan edi.

Ushbu mavsumda Silva barcha turnirlarni hisobga olganda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xabar qilinishicha, Silvaga «Yuventus» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq Turin klubi futbolchining moliyaviy talablarini qondira olmaydi.

Kiritildi: 14:26, 22.04.2026.
O'qildi: 1709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик