Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pepe Mikel Arteta bilan nega til topisha olmaganini tushuntirdi

Pepe Mikel Arteta bilan nega til topisha olmaganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Vilyarreal» hujumchisi Nikolya Pepe sobiq ustozi Mikel Arteta qo‘l ostidagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

«Mikel Arteta — muayyan talablarni qo‘yadigan murabbiy. Ba’zida menga biroz qiyin bo‘lgan, chunki vaqti-vaqti bilan o‘rtamizda normal aloqa bo‘lmagan. U bilan yetarlicha muloqot qilmaganim — mening eng katta afsusimdir», — deya Pepening so‘zlarini keltirmoqda FlashScore.

Eslatib o‘tamiz, ivuarlik futbolchi 2019 yildan 2023 yilga qadar «Arsenal» a’zosi hisoblangan (so‘nggi mavsumni ijarada o‘tkazgan). London klubi uning transferi uchun «Nissa»ga 80 million yevro to‘lagan edi. Bu o‘sha paytda «kanonirlar» tarixidagi rekord xarid sifatida qayd etilgan.

Kiritildi: 17:32, 22.04.2026.
O'qildi: 1054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик