Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Superliga. «Mash’al»da 9-mag‘lubiyat: «Surxon» kambek evaziga g‘alaba qozondi

Superliga. «Mash’al»da 9-mag‘lubiyat: «Surxon» kambek evaziga g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 9-turida Termizda o‘tgan «Surxon» — «Mash’al» uchrashuvi dramatik ssenariy asosida kechdi. Maydon egalari ikkinchi bo‘lim so‘nggida kambek amalga oshirib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda «Surxon» faolroq harakat qildi va bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. Stefan Chinedu, Abdullajonov hamda boshqa futbolchilarda imkoniyatlar bo‘ldi, ammo gol urilmadi. Mehmonlar ham qarshi hujumlarda xavfli harakat qildi, biroq darvozabon ishonchli o‘ynadi.

Ikkinchi taymda esa hisob ochildi. 60-daqiqada VAR orqali belgilangan penaltini Samandar Ochilov aniq ijro etib, «Mash’al»ni oldinga olib chiqdi — 0:1.

Shundan keyin «Surxon» hujumlarni kuchaytirdi. 83-daqiqada Stefan Chinedu hisobni tenglashtirdi — 1:1. Ushbu goldan keyin maydon egalari ruhlanib ketdi va bosimni yanada oshirdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida esa hal qiluvchi epizod yuz berdi. 90+1-daqiqada zaxiradan tushgan Kamron Yusupov jamoasini oldinga olib chiqib, «Surxon»ga g‘alabani taqdim etdi — 2:1.

Shu tariqa, «Surxon» irodali o‘yin namoyish etib, muxlislarini quvontirdi hamda o‘z ochkolarini 11 ochkoga yetkazib, 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"Mash’al" esa ketma-ket to‘qqizinchi mag‘lubiyat tufayli nol ochko bila eng so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

O‘zbekiston Superligasi, 9-tur
22 aprel 2026 yil. Termiz
«Surxon» — «Mash’al» 2:1 (0:0)
Gollar: Samandar Ochilov 60, pen. (0:1), Stefan Chinedu 83 (1:1), Kamron Yusupov 90 (2:1)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:18, 22.04.2026.
O'qildi: 995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик