Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Ispaniya Oliy sudi Neymar va «Barselona»ning sobiq prezidentlarini oqladi

Ispaniya Oliy sudi Neymar va «Barselona»ning sobiq prezidentlarini oqladi

Baho:
+3 | -

Neymarning «Santos»dan «Barselona»ga transferi bilan bog‘liq ko‘p yillik sud jarayoni yakuniga yetdi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Ispaniya Oliy sudi DIS kompaniyasining apellyasiyasini rad etib, futbolchi va Katalon klubining sobiq rahbarlarini aybsiz deb topdi.

Ushbu ish 2013 yildan beri davom etib kelayotgan edi. O‘sha paytda Neymar Yevropaga ko‘chib o‘tgan, Braziliyaning DIS kompaniyasi esa o‘yinchi huquqlarining 40 foiziga egalik qilgan va o‘zini moliyaviy maxinasiya qurboni deb hisoblagan.

Kompaniya iddaosiga ko‘ra, «Barselona», «Santos» va futbolchi oilasi transfer qiymatini ataylab past ko‘rsatgan va shu orqali DIS’ga to‘lanadigan ulushni kamaytirgan.

Ish doirasida nafaqat Neymar, balki «Barselona»ning sobiq prezidentlari Jozep Mariya Bartomeu va Sandro Rosel ham tergov ostida bo‘lgan.

Biroq Ispaniya Oliy sudi Barselona provinsiya sudining avvalgi qarorini o‘z kuchida qoldirib, apellyasiyani rad etdi.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 20:32, 22.04.2026.
O'qildi: 2414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик