Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alissonni Italiyaga qaytish imkoniyati o‘ziga jalb qilmoqda

Alissonni Italiyaga qaytish imkoniyati o‘ziga jalb qilmoqda

Baho:
+ | -

Mashhur braziliyalik darvozabon Alisson Bekker «Yuventus» tomonidan bo‘layotgan qiziqishlar fonida Italiyaga qaytishga qarshi emas. Biroq, Fabrisio Romano xabar berishicha, futbolchi faoliyatining ko‘p yillarini o‘tkazgan «Liverpul» klubiga katta hurmat bilan yondashadi. Shu sababli, yaqin orada klub va o‘yinchi o‘rtasida ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik posbon 2016-2018 yillarda «Roma»da o‘ynagan, shundan so‘ng «Liverpul»ga o‘tgan edi. Hozirda darvozabon 33 yoshda. Mavsum yakunida u jarohat oldi.

Avvalroq mish-mishlarda «Yuventus» Angliya Premyer-ligasida katta tajribaga ega bo‘lgan yana bir yulduzli darvozabonga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 20:55, 22.04.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик