Kirish Ro'yxatdan o'tish

Stounsning vaziyatini A Seriya grandlari kuzatmoqda

Stounsning vaziyatini A Seriya grandlari kuzatmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» markaziy himoyachisi Jon Stouns joriy mavsum yakunlangach, katta ehtimol bilan jamoani tark etadi. Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi va «shaharliklar» rahbariyati hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmayapti.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, Stounsning xizmatlari «Yuventus» va Italiyaning boshqa grand klublariga taklif qilingan. «Keksa sinyora» vakillari futbolchining mahoratini yuqori baholashsa-da, uning tez-tez jarohat olishi nomzod borasida ikkilanish paydo qilmoqda. Shuningdek, Stouns uchun yana bir variant sifatida «Milan» klubi tilga olinmoqda.

May oyida Jon Stouns 32 yoshni qarshi oladi. U o‘n yildan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 12:04, 23.04.2026.
O'qildi: 467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик