Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike «PSJ» hujumini kuchaytirmoqchi

Luis Enrike «PSJ» hujumini kuchaytirmoqchi

Baho:
+ | -

«Monako» vingeri Magnes Akliush «Pari Sen-Jermen» qiziqishlari doirasiga tushdi. Parij grandi ustozi Luis Enrike tarkibda keskin o‘zgarishlar qilishni istamasa-da, kelayotgan yozda hujum chizig‘ini yangi o‘yinchilar bilan boyitishni rejalashtirmoqda.

Footmercato xabariga ko‘ra, monegasklarning 24 yoshli yetakchisi parijliklarning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini ayni damda 50 million yevroga baholamoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Akliush Enrikening talablariga to‘liq javob beradi.

Kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan fransiyalik futbolchi joriy mavsumda «Monako» safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 12:10, 23.04.2026.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик