Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Aston Villa» o‘z yulduzini olib qolmoqchi

«Aston Villa» o‘z yulduzini olib qolmoqchi

Baho:
+ | -

«Aston Villa»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rodjers katta ehtimol bilan jamoada qoladi. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli xavbekning xizmatlariga Yevropaning bir qator yetakchi klublari, jumladan, «Chelsi», «Real», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, ingliz futbolchisi «Aston Villa»da qolishi mumkinligi aytilmoqda.

Rodjersning «sherlar» bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarni hisobga olganda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:41, 23.04.2026.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик