Kirish Ro'yxatdan o'tish

De Paul Luis Suaresga yuqori baho berdi

De Paul Luis Suaresga yuqori baho berdi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» yarim himoyachisi Rodrigo de Paul jamoadoshi Luis Suaresni maqtadi.

Har ikki futbolchi MLS doirasida «Real Solt-Leyk»ka qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda bittadan gol urishdi: argentinalik 82-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 39 yoshli urugvaylik 83-daqiqada yakuniy hisobni o‘rnatdi.

«Bu «to‘pponcha» — o‘ziga xos, u juda kuchli. Mahorat, tajriba, kamtarlik. U eng muhim pallalarda doim bor kuchini beradi. Afsona», — deya Inter Miami News Hub de Paulning Suares haqidagi so‘zlarini keltiradi.

«Barselona»ning sobiq hujumchisi MLSning joriy mavsumida o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:50, 23.04.2026.
O'qildi: 526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик